Yarim himoyachi Mateus Fernandes "Barselona" bilan shartnomani bekor qilganidan norozi.

Marca nashrining xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi klubni sudga bermoqchi, chunki u kataloniyaliklar mehnat munosabatlarini buzishga shoshildi va adolatsiz harakat qildi, deb hisoblaydi.

Futbolchini yaqinlarining xabar qilishicha, Mateusga boshqa jamoalardan takliflar bo'lgan, ammo kataloniyaliklar bu takliflarni rad etib, futbolchi bilan shartnomani bekor qilgan.

Fernandez 2020-yil qishda "Palmeyras"dan "Barselona"ga 7 million evro evaziga o'tgan edi, potentsial bonuslar sifatida esa 3 million evro kutilgan edi. Transferdan so'ng Mateus ispan jamoasi safida atigi 17 daqiqa maydonda harakat qildi.