6 iyul kuni «Uembli» stadionida Italiya va Ispaniya terma jamoalari Evro-2020 doirasida to'qnash kelishdi. Ispaniyaliklar yarim himoyachisi Pedri mazkur bahsning asosiy vaqtida 55ta uzatmani amalga oshirib, ularning birortasida adashmadi. 18 yoshli futbolchining barcha paslari jamoadoshlariga aniq etib bordi. WhoScored tarqatgan xabarga ko'ra, Evro-2020da hali birorta o'yinchi uzatmalar borasida 10 foizlik natija qayd etmagan edi.