«Barselona» hujumchi Serxio Agueroni asosiy tarkib futbolchisi sifatida o'ynatmoqchi emas, deya xabar bermoqda "AS" nashri.

Manbaning xabariga ko'ra, 33 yoshli argentinalik bilan muzokaralar chog'ida u 18 yoshli Anssumani Fatining o'rninbosari bo'lishi aytilgan.Qayd etilishicha, Aguero ushbu shartlarga rozi bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, iyun oyida Serxio «Barselona»ga o'tish uchun "Inter" klubining taklifini rad etgan edi.