
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika kubogi musobaqasidan so'ng «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatdi.Manbaga ko'ra, klub va futbolchining pozitsiyalari o'zgarmadi. Messi jamoada qoladi va yaqin kunlarda 2 yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi. Eslatib o'tamiz, Lionel 1 iyul sanasidan erkin agent hisoblanadi.
Fikrlar 0