«Barselona» hujumchisi Martin Breytueyt yozda klubini o'zgartirishi aniq bo'lib ulgurdi.

Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar bermoqda. Evropaning bir qator klublari futbolchiga da'vogarlik qiladi.

Qayd etilishicha, Martinga APLdan eng ko'p takliflar tushyapti - «Brayton», «Norvich», «Vest Xem» daniyalik hujumchini o'z safiga qo'shib olish niyatida.

Shuningdek, «Valensiya» futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirgan. «Barsa» o'z o'yinchisi uchun 15 million evro ishlab olmoqchi.