«Barselona» Isroilning «Beytar Ierusalim» klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etganida o'z g'aznasini 1 million evroga to'ldirgan bo'lardi. Ammo "ko'k-anorranglilar" ushbu uchrashuvni bekor qilishga qaror qilishdi. «Barselona» Isroil klubiga qarshi o'yin uchun Quddusga tashrif buyurib, o'z obro'sini tushirishni istamadi. «Barsa» endi 4 avgust kuni «Zaltsburg» bilan o'ynaydi. Bu o'yin klubga 500 ming evro daromad keltiradi.