Falastin futbol assotsiatsiyasi «Barselona»ga klubiga «Beytar»ga qarshi Quddusda o'tkazilishi rejalashtirilgan o'yinda ishtirok etishdan bosh tortgani minnatdorchilik bildirdi.«Barselona» klubiga jahon bo'ylab millionlab muxlislarning hissiyotlarini qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Inson huquqlarini qadrlaydigan klub jahondagi eng rasist klublardan biri bilan o'ynash insonlarni hayron qoldirayotgan edi», – deyiladi assotsiatsiya tarqatgan bayonotda.Eslatib o'tamiz, «Beytar» va «Barselona» jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini 4 avgust kuni Quddus shahrida bo'lib o'tishi kerak edi.