
"Bavariya" klubi o'ng qanot pozitsiyasini kuchaytirishni maqsad qilgan.
Myunxen klubi "Barselona" ga Serxi Roberto, Serjino Dest yoki Emersonning ijarasi borasida so'rov bilan chiqdi. Biroq klublar o'rtasida hozircha muzokaralar olib borilmadi, deya xabar bermoqda Goal.com o'z manbalariga tayangan holda.
Hozirda "Bavariya" Robertoning vakillari bilan vositachilar orqali muzokara olib bormoqda. Shuningdek, klub hali Dest va Emersonning agentlari bilan muloqotda bo'lmagan.
Fikrlar 0