Moliyaviy xarajatlarni maksimal darajada tejashga urinayotgan «Barcelona» xabaringiz bor, hujumchi Antuan Grizmanni sotish rejasini o'ylab chiqmoqda.

Endi frantsuz uchun kurashga «PSJ» ham qo'shildi. Antuan Premer-liga klublariga o'tishni rad etmoqda.

Shu bilan birga, u o'z vatanida o'ynash variantini ko'rib chiqishi mumkin. Parijliklar frantsuzni moliyaviy jihatdan xafa qilib qo'ymaydi va 30 yoshli futbolchiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi.

Kataloniyaliklar Grizmandan yuqori maoshi tufayli qutulmoqchi. Jamoa shoshilinch ravishda Leo Messining yangi shartnomasi bo'yicha qo'shimcha pul jamg'arishiga to'g'ri keladi.