[b]“Barselona” yarim himoyachisi Serxio Buskets La Liganing 13- turida “Selta”ga (4:1) qarshi bahsda uchrashuvdagi so'nggi gol muallifiga aylandi. 85-daqiqada Serxio to'p kiritib, jamoasining yirik g'alabasiga hissa qo'shdi. Bu Busketsning oxirgi ikki yilda “Barsa” tarkibida kiritgan ilk goli bo'ldi. So'nggi marta yarim himoyachi 2017 yilning oktyabrida La Liga 7-turi doirasida “Las-Palmas” (3:0) darvozasini ishg'ol etgandi.[/b] [readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-528176_original.jpg[/readimg]