[b]"Zalcburg" futbolchisi Karim Adeyemi borasida taklif jo'natgan "Barselona" rad javobini oldi. 17 yoshli germaniyalik iqtidor o'tgan yili nimalarga qodir ekanligini ko'rsatib bo'lgandi. Ayni damda u "Zalcburg"ning farm-klubi hisoblangan "Lifereng" tarkibida harakat qilmoqda. Vunderkind Yoshlar ligasida "Genk" va "Liverpul" jamoalariga gol kiritishni ham uddaladi. " Barselona" ushbu futbolchi uchun 17 million evro taklif qilgandi. Biroq avstriyaliklarni bu qiziqtirmadi.[/b] [readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-528194_original.jpg[/readimg]