«Barselona»ning sobiq futbolchisi Ronaldino Kataloniya klubida argentinalik hujumchi Lionel Messining kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- «Barsa»da bir nechta muammolar bor ...

- Umid qilamanki, ularning hammasi hal qilinadi.

- Messi haqida nima deyish mumkin?

- U qolishi kerak. Leo «Barsa» tarixidir, - dedi afsonaviy braziliyalik «Tuttomercatoweb» saytiga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Messining «Barselona» bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etgan va yangi kelishuv haqida haligacha e'lon qilinmadi.