JCH-2022 saralashi doirasidagi Singapur - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda vakillarimiz g'alaba qozonishdi. Bahsda terma jamoamiz hujumchisi Eldor SHomurodov ikkita gol urdi va "Rostov" vakili terma jamoadagi 39-uchrashuvida 15 va 16-gollarini urdi. Eldor gol urish borasida terma jamoamiz sobiq hujumchisi Jafar Irismetovdan (15ta gol) oshib ketdi.