
«Barselona» kutilmaganda o'z tarkibida Antuan Grizmanni ushlab qolishga tayyor bo'ladi. Biroq, ushbu tsenariy bitta shart ostida amalga oshishi mumkin.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, Grizmann «Barsa» da qolishni istasa, maoshini kamaytirishga rozi bo'lishi kerak. Rahbariyat esa zudlik bilan ish haqlarini qisqartirishga majbur. Frantsuz futbolchisi «ko'k anorranglilar» tarkibida yiliga 23 million evro ishlab topadi.
Eslatib o'tamiz, Grizmanning «Yuventus»ga o'tmoqchiligi haqidagi xabarlar ham yo'q emas.
Fikrlar 0