"Tottenxem" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoga qiziqish bildirmoqda. 

29 yoshli yarim himoyachi Xarri Keyn jamoani  tark etgan taqdirda, "shporlar" tarkibiga olib kelinishi mumkin. Klub rahbariyati allaqachon uning agenti  Kia Djurabchian bilan uchrashgan. 

London klubi o'z etakchisining sotuvidan 150-180 million evro atrofida ishlab olgan taqdirda, bir qator pozitsiyalarni kuchaytirish uchun futbolchilar sotib oladi. Koutino ushbu futbolchilar ro'yxatida mavjud. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Kuman Filippeni olib qolish niyatida ekanligi haqida xabarlar tarqalayotgan edi.