"PSJ" Lionel Messi bilan shartnoma imzolash ustida faol ishlamoqda.

Italiyalik insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, Parij klubi «Barselona»ning sobiq hujumchisi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Hozirda shartnoma shartlari muhokama qilinmoqda. Manbaning qayd etishicha, parijliklar transfer borasida o'zlariga ishonch hosil qilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, kecha "ko'k-anorranglilar" argentinalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmasligini rasman e'lon qildi.