Braziliyalik vinger Neymar sobiq jamoadoshi Lionel Messini "PSJ" klubiga taklif qilmoqda, deya xabar bermoqda "RMC Sport" nashri. 

Manbaning xabar berishicha, Neymar Messi Parij klubiga o'tsa, o'z raqamini berishga tayyor. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq, 29 yoshli futbolchi  Messi bilan birga tushgan fotosuratini o'z instagram sahifasiga joylagan edi.