Lionel Messi yaqin soatlarda "PSJ" futbolchisiga aylanadi.

Jurnalist Abdulla Bulmaning so'zlariga ko'ra, shartnoma deyarli imzolab bo'lingan, Messi — "PSJ" futbolchisi.

Insayder jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, argentinalik haqiqatan ham parijliklar bilan shartnoma imzolashga juda yaqin.

Frantsuz klubi 2023 yilgacha mo'ljallangan rasmiy shartnoma tayyorlagan, uni Leo Messi va uning otasi Xorxega imzolash uchun topshiradi. Futbolchining o'zi ham klubga o'tishga tayyor.