"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino jamoani tark etgan hujumchi Lionel Messi bilan xayrlashdi.

"Hammasi uchun sizga katta rahmat. Siz bilan uchrashib, bir jamoada o'ynash men uchun katta sharafdir. Menga va oilamga bo'lgan munosabatingiz uchun juda minnatdorman! Sizga kelgusida muvaffaqiyatlar tilayman. Kelgusi faoliyatingizga omad tilayman", - deb yozdi Koutino Instagramda.

Eslatib o'tamiz, Messi va "Barsa" rahbariyati yangi shartnoma borasida kelisha olmagani uchun argentinalik futbolchi erkin agentga aylandi.