«Barselona» sobiq sardori va hujumchisi Lionel Messining rafiqasi Antonella Rokutstso erining Kataloniya klubidan ketishi haqida gapirdi. «O'tgan yillarni bir necha satrda umumlashtirish qanchalik qiyin.  Bizning hayotimizda juda ko'p his-tuyg'ular, ko'plab xotiralar o'z izini qoldirgan.Lekin qiyinchiliklar bizni yanada kuchliroq qiladi! Oila bilan birgalikda biz buni boshdan kechiramiz va har qachongidan ham kuchliroq bo'lib yana maydonga chiqamiz. Qaerga bo'lsa ham birga boramiz va bu albatta oldinga siljish bo'ladi», – deb yozib qoldirgan Rokutstso o'zining Instagram'dagi sahifasida.