
«Manchester Yunayted» yozda «Barselona» hujumchisi Antuan Grizmanni sotib olmoqchi.
Bu haqda Todofichajes nashri xabar beradi. O'z navbatida Kataloniya klubi ham frantsuz to'puraridan qutulishga qarshi emas.
Transfermarkt 30 yoshli forvardni 60 million evroga baholamoqda. Futbolchining «Barsa» bilan shartnomasi 2024 yilning iyunida yakuniga etadi.
Biroz oldin "MYu" hujumchisi "Inter" qiziqishlari doirasiga tushgani haqida ham xabar bergan edik.
Fikrlar 0