Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi "Barselona"ni tark etgach, "ko'k-anorranglilar" qancha daromaddan ayrilishi hisoblab chiqildi. "Brand Finance" ma'lumotlariga ko'ra, Messining ketishi "Barsa"ga 137 million evroga tushadi. Bundan tashqari, klub o'yin kunlaridan 17 million evro, futbolkalar savdosidan 43 million evro hamda boshqa biznes daromadlaridan 77 million evro zarar ko'radi.