The Sun nashrining yozishicha, tez orada «Barselona»da o'ninchi raqamning yangi egasi paydo bo'ladi.

Nashr xabariga ko'ra, La Liga qoidalari tufayli klub 10-raqamni tirajdan chiqarib yubora olmaydi. Buning aksi bo'ladigan taqdirda katta jarima to'lashiga to'g'ri keladi.

Avvalroq, «ko'k-anorranglilar» Lionel Messiga hurmat belgisi sifatida hech kimga «10»- raqamni bermasligi taxmin qilingan edi.

Argentinalik futbolchi 2008 yildan buyon «Barsa»da ushbu raqamda o'ynab kelgan.