"Vilyarreal" prezidenti Fernando Roig Alfonso "Barselona" himoyachisi Samuel Umtitiga qiziqishni rad etdi. El Larguero nashri xabariga ko'ra, klub rahbaridan frantsuz futbolchisini olmoqchimisiz, deb so'rashganida, u javoban kulib qo'ygan va "yo'q" deb javob bergan.

Avvalroq, kataloniyaliklar 27 yoshli Umtitini sotmoqchi yoki uni ijaraga olmoqchi ekani haqida xabar berilgandi. Biroq, futbolchi Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan klubda o'ynamoqchi.

2020/21 yilgi mavsumda Umtiti "ko'k-anorranglilar" libosida 16 o'yinda maydonga tushgan. Transfermarket portali frantsuzning qiymatini 8 million evroga baholamoqda.