
«Barselona» klubi o'z hujumchisi Kautinoni «Arsenal» futbolchilari Obameyang yoki Lakazett bilan almashtirmoqchi. Klub braziliyalik hujumchisining o'ta ko'p jarohat olishi, Agueroning jamoaga kelishi hamda xarajatlarni kamaytirish uchun ketishi uchun ijozat beradi. Ular tarkibga yangi futbolchi olib kelish niyatida.
Xabarlarda bu masala «Nou Kamp»da muhokama qilinayotgani aytiladi. Kautinoning agenti Kia Yoorbachiyan aytgan gaplarga ko'ra, futbolchi «Arsenal»ga ko'chishga harakat qilmoqda. U APLda o'ynash niyatida. Shuningdek, Lakazett hamda Obameyang ham o'z klubidagi faoliyatidan qoniqmayotgani ma'lum qilingan.
Fikrlar 0