«Barselona» prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubining moliyaviy holati haqida gapirdi.

"Klub daromadining 103 foizi maosh byudjetiga tushadi. Bu ko'rsatkich raqobatchilarimizga qaraganda 20-25% yuqori, biz bu borada biror narsa qilishimiz kerak.

Kreditorlar oldidagi umumiy qarz? 1,35 milliard evro", - dedi Laporta.

Eslatib o'tamiz, afsonaviy futbolchi Lionel Messi klubning moliyaviy ahvoli og'ir bo'lgani uchun "ko'k-anorranglilar" safini tark etishga majbur bo'ldi