
«Barselona» xavbeki Filippe Koutino London klubi vakillari bilan muzokaralar olib borgani aytilmoqda. Yarimhimoyachining xizmatlariga «Arsenal» qiziqish bildirmoqda.
Koutino londonliklarni jarohatiga qaramay yuqori saviyada o'ynay olishiga ishontira oldi. «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta kelishuv amalga oshishiga umid qilmoqda. Mutaxassis muzokaralar tashabbuskorlaridan biridir.
«Barselona» eng ko'p maosh oladigan futbolchisidan qutulishga umid qilmoqda.
Fikrlar 0