La Ligada mavsum-2020/21 endi boshlandi. FiveThirtyEight algoritmi asosida ishlaydigan superkompyuter joriy mavsumda jamoalarning g'oliblikka imkoniyatlarini taxmin qildi.Unga ko'ra, g'oliblik uchun eng yuqori imkoniyat "Barselona"da — 44%. Jamoa mavsumda 82 ochko jamg'arish kutilmoqda."Real"ning imkoniyatlari esa 25 foizga baholangan bo'lsa (77 ochko), amaldagi chempion "Atletiko"ning yana sovrinni qo'lga kiritish ehtimoli 16 foizga teng (73 ochko).