Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati hujumkor yarim himoyachi Filippe Koutinoga oxirgi imkoniyatni berishga tayyor.Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, Lionel Messining ketishi va jamoadagi bir qancha futbolchilarning maoshi kamayganidan so'ng, katalaloniyaliklar uchun braziliyalik pleymeykerni sotish kerak bo'lmay qoldi.

Koutino jamoaning kelajakdagi muvaffaqiyatida muhim rol o'ynashi uchun hamma narsaga ega. Bundan tashqari, Ronald Kuman Ilaysh Moribaning ketishi ehtimoli tufayli braziliyalikni yo'qotishni xohlamayapti.

Manbaning ta'kidlashicha, "Barsa" rahbarlari hatto Koutinoga 13 yil davomida Messiga tegishli bo'lgan 10-raqamni olishni taklif qilishgan.