"Barselona" himoyachisi Jerar Pike klub safida Messi kabi dribling qila oladigan yosh futbolchi borligini aytdi.«Yusuf Demirning driblingi Messining driblingiga juda o'xshaydi. U juda yosh, ammo uning darajasiga ajoyib. Jamoaga uning yordami tegishiga ishonchim komil», — dedi Pike. Eslatib o'tamiz, 18 yoshli Yusuf Demir mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida 4ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.