Serxio Aguero instagramdagi o'zining sahifasi orqali «Barselona»da nechanchi raqamli futbolkada o'ynashini ma'lum qildi.U 19-raqamli "Barsa" futbolkasini namoyish etdi. Vaholanki, Lionel Messi ketganidan so'ng "10" bo'sh edi. Ma'lumotlarga qaraganda, 10-raqamni "ko'k-anorranglilar" Filippe Koutinoga taklif qilishgan. Eslatib o'tamiz, Aguero «Manchester Siti»da 10-raqamda o'ynagan edi.