"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde shartnomasi tugagandan so'ng "PSJ"ga o'tgan sobiq jamoa sardori Lionel Messi bilan munosabatlarini oshkor qilmadi. Valverde muxlislar uchun butun haqiqatni bilmaslik yaxshiroq ekanini aytdi. 

"Bu narsalar haqida gapirishga arzimaydi. Ular sirning bir qismidir. Hammasi shunday bo'lgani yaxshiyu. Haqiqatni bilmaslik yaxshiroq", - deb Valverde so'zini keltirdi La Sexta nashri.

Valverde 2020-yil yanvar oyida "Barselona"dan ishdan bo'shatilgan edi. Messi butun faoliyati davomida "Barselona"da o'ynadi, lekin moliyaviy muammolar tufayli kataloniyaliklar u bilan shartnomani uzaytira olishmadi. Natijada argentinalik erkin agent sifatida "PSJ"ga o'tdi va ikki yillik shartnoma imzoladi.