"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman so'nggi paytlarda futbolchisi Felippe Koutinoning ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, braziliyalikni yangi mavsum rejalariga kiritgani haqida aytib o'tdi.

"Formasini tiklab, maydonga tushish uchun Filippega yana bir hafta kerak. Keyin u yakuniy arizaga kiritiladi. Men unga ishonaman, chunki u ajoyib o'yinchi. U "Barselona" uchun muhim o'yinchi bo'lishi kutilmoqda. O'tgan yili u jarohat oldi. Shu sabab, kamroq o'yin amalyotiga ega bo'ldi. Lekin bu mavsumda, albatta, Fil uchun omadli keladi", - deydi mutaxassis.