«Barselona» klubi yarim himoyachisi Pedriga ikki haftalik ta'til beriladi. Bu haqda klub bosh murabbiyi Ronald Kuman xabar berdi. "Qanday yo'l tutsak, Pedri uchun yaxshi bo'lishi haqida ko'p o'yladik. U "Atletik"ga qarshi bahsda ishtirok etadi. Shundan so'ng unga ikki haftalik ta'til beriladi", - dedi Kuman.Shu tariqa, Pedri JCh-2022 saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tadigan o'yinlarda Ispaniya terma jamoasiga yordam bera olmaydi.Eslatib o'tamiz, Pedri o'tgan mavsum davomida naq 74ta o'yinda ishtirok etdi.