"Barselona" yarim himoyachisi Ilaysh Moribaga Angliyaning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda.

Daily Mail nashri xabariga ko'ra, "shporlar" yosh yarim himoyachining agentlari bilan muzokara olib bormoqda.

Avvalroq, "Chelsi", "Manchester Siti" va "Leyptsig" kabi klublar futbolchiga qiziqish bildirgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o'tamiz, Moriba kataloniyaliklar bilan shartnoma borasida kelisha olmaydi.

Yaqinda ma'lum bo'lishicha, futbolchi Ispaniya terma jamoasida o'ynash imkoniyatiga ega bo'lsa-da, Gvineya terma jamoasida o'ynashga qaror qilgan.