Manbaga ko'ra, "Napoli" Kataloniya klubiga yarim himoyachi bo'yicha so'rov yuborgan.

Pyanich takliflarga ochiq. U hatto "Yuventus"ga qaytishga tayyor, ammo turinliklar Remzini sotsagina Miralemning variantini ko'rib chiqadi.

"Barselona" bosniyalikdan qutulmoqchi, chunki uning maoshi yuqori va u bosh murabbiy Ronald Kumanning rejalariga kiritilmagan.