"Real Madrid" klubi o'z futbolchisi Federiko Valverde bilan hamkorlikni davom ettiradigan bo'ldi.

"Qaymoqranglilar" urugvaylik yarimhimoyachi bilan 2027 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma borasida kelishib oldi.

Eslatib o'tamiz, Valverde yangi mavsum La Liganing ikki turini asosiy tarkibda boshladi.