Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, Moriba "RB Leyptsig" bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

18 yoshli gvineyalik futbolchi 2021/22 yilgi mavsum so'nggida erkin agent maqomida "Barselona"dan ketishni rejalashtirmoqda, sababi "RB Leyptsig" bilan tuzilgan 5 yillik bitim 2022 yilning yozidan amal qiladi.

Qayd etish kerakki, "Barselona" kelasi yozda o'yinchini tekinga qo'yib yubormoqchi emas va uni joriy transfer oynasida sotishga tayyor.