Mashhur Who Scored portali Ispaniya La Ligasining 3-tur ramziy jamoasini taqdim etdi.

«Rayo Valekano»ning to'rt nafar o'yinchisi tarkibdan birvarakayiga joy oldi. Jamoa kecha «Granada» ni 4:0 hisobida mag'lub etdi.

Eng qizig'i, «Barselona» o'yinchilarining birortasiga ramziy jamoadan joy topilmadi.

Darvozabon: Kurtua («Real»);Himoyachilar: Karvaxal («Real»), Martines («Atletik»), Katena («Rayo»), Akunya («Sevilya»);Yarimhimoyachilar: Soler («Valensiya»), Komesanya, Garsiya («Rayo»), Fernandes («Kadis»);Hujumchilar: Gedesh («Valensiya»), Nteka («Rayo»).