
«Barselona» va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmanning kelajagi noma'lumligicha qolmoqda.
Jurnalist-insayder Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Atletiko Madrid» ayni dam frantsuzning transferi borasida muzokara olib boryapti.
Manbaga ko'ra, «matraschilar» majburiy sotib olish optsiyasi bilan o'yinchini ijaraga olmoqchi emaslar, ular shunchaki bir-ikki mavsum uchun reja tuzishgan.
«Barselona» sport direktori Mateu Alemani ushbu vaziyatdan chiqish yo'lini izlaydi.
Fikrlar 0