Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta Antuan Grizmann haqida o'z fikrini bildirdi:

“Antuan bizga kerak bo'lgan futbolchi emas edi. To'g'ri, u jamoaga bundanda ko'proq yordam berishi mumkin edi, ammo hozirgi vaziyat uni olib qolishga imkon bermadi.

Antuan shunchaki «Barselona» tizimiga moslashib keta olmadi. Mavjud vaziyat shunday”, — deydi Laporta.

Eslatib o'tamiz, Grizmann 40 million evro evaziga sobiq klubi «Atletiko» safiga borib qo'shildi.