Braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutino «Barselona»da o'zini ko'rsatish uchun so'nggi imkoniyatga ega bo'ladi.   Football-Espana xabariga ko'ra, jamoa murabbiylar shtabi futbolchini keyingi o'yinlarda maydonga tushiradi.   Agar Koutino o'zini yaxshi tomondan ko'rsata olsa, u katta ehtimol bilan klubda qoladi. Filippe 2018 yil yanvar oyida «Liverpul»dan «Barselona»ga o'tgandi. Yarim himoyachining «ko'k-anorranglilar» bilan shartnomasi 2023 yil iyun oyining oxirigacha mo'ljallangan.   Koutino joriy mavsum La Ligada birorta ham o'yin o'tkazmagan.