MD nashriga bergan intervyuda,Bartomeo Valverde haqida ham to'xtalib o'tdi: «Bu mavsum biz yosh o'yinchilarni jalb qildik.Bu futbolchilar bizga avlodlar almashinuvi davrida yordam berishadi degan umiddaman.O'ylaymizki,aynan Ernesto Valverde klubga yosh o'yinchilarni tayyorlab bera oladigan ideal murabbiy.U shu paytgacha Nelson Semedo,Arthur Melo,Carles Perez va Ansu Fati kabi ajoyib iqtidorlarni kashf qildi.Frenkie De Jong transferini ham aynan Valverde maslahatiga binoan amalga oshirgan edik.Hozir "Barcelona" yangi davrga o'tish paytida.Shu sabab ham natijalar doim ham ijobiy emas.Biz Valverde bilan iliq munosabatlarni saqlab qolishga va unga ishonishda davom etamiz.