«Barselona» prezidenti Joan Laporta La Liga rahbari Xaver Tebasning gaplariga munosabat bildirdi.

«Men Tebasning so'zlarini noo'rin deb bilaman, u o'zaro tushunish va hamjihatlik o'rniga ziddiyat va qarama-qarshilikka intiladi.

U «Barselona» va uning qadriyatlariga zarar etkazish yo'llarini izlashga moyil. Ammo, biz buni yaxshi bilamiz», - deydi Laporta.