"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman kataloniyaliklar futbolchisi Pedri haqida gapirdi. "Pedri - aqlli o'yinchi", - dedi Ronald Kuman Barca telekanaliga."U yosh bo'lsa-da, bergan ko'rsatmalarimning hammasini astoydil bajarishga harakat qiladi. Pedrining kelajagi yorqin. Psixologik nuqtai nazardan, u juda kuchli futbolchi, chunki uning o'rnida boshqa futbolchi bo'lganida, juda og'ir 12 oyda jismonan ko'p azob chekardi”, - deya qo'shimcha qiladi Kuman. Pedri o'tgan mavsumda Kuman qo'l ostida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi hisoblanadi. U 52 uchrashuvda maydonga tushdi.