"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvida "Barselona" ustidan qozonilgan g'alabaga (3:0) izoh berdi."Biz raqibning ko'p qismini o'z darvozamizga qo'yib yubormadik. Ular bitta yoki ikkita gol urishlari mumkin edi. Bu erda o'ynash juda zo'r, yigitlarga juda yoqadi. "Kamp Nou"da 3:0 hisobida g'alaba qozonganingiz bu katta yutuqdir. Biz bundan juda xursandmiz", - deya Myuller so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.