Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman Chempionlar Ligasi doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yindan so'ng intervyu berdi. "Barsa" "Bavariya"dan uchta javobsiz gol o'tkazib yubordi. "Bizda yuqori darajadagi futbolchilar juda kam. O'yinni endigina 18 yoshda bo'lgan 4-5 nafar futbolchi bilan yakunladik. "Bavariya" bizga boshqa saviyada ekanligini ko'rsatdi. Ularning asosiy tarkib vakillari bizning futbolchilardan ancha ustun. Xuddi shu narsa zahiraga ham tegishli. Ular shunchaki kuchliroq edi", - dedi Kuman.