2019/20 Ispaniya Superkubogiga qur'a tashlandi.

Yarim finalda "Real" - "Valensiya" va "Barselona" - "Atletiko" juftligi to'qnash keladi.

Yarimfinal uchrashuvlari 8-yanvar ("Real" - "Valensiya") va 9-yanvar ("Barselona" - "Atletiko") kunlari bo'lib o'tadi, 12-yanvar kuni esa final uchrashuvi rejalashtirilgan.

Avval xabar qilinganidek, turnir yanvar oyida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.