«Barselona» vinger Usmon Dembele bilan shartnomani uzaytirish niyatida.

Diario Sport xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi ham faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishga qarshi emas, ammo kelishuvning moliyaviy tafsilotlari hali oshkor qilinmadi.

Dembele 3-4 hafta ichida jarohatidan forig' bo'lishi kutilmoqda. U allaqachon maydonda mashg'ulot o'tkazmoqda.