«Inter Mayami» hujumchisi Gonsalo Iguain AQSh klubi «PSJ» hujumchisi Lionel Messini sotib olmoqchi ekanligini ma'lum qildi.«Meni muammoga duchor qilmang, men Mayamidagi Leo haqida hech narsani bilmayman. U «PSJ» bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Bizning klub ham Messini sotib olmoqchi. Ammo, hozirgi kunda emas. Nima bo'lishini endi ko'ramiz», - deya Iguainning so'zlarini keltiradi ESPN nashri. 2021 yilning yozida 34 yoshli Messi «PSJ»ga erkin agent sifatida o'tdi. Bungacha argentinalik futbolchi 2000 yildan beri «Barselona»da o'ynagan.